Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirusga qarshi birinchi dori ishlab chiqarila boshlandi
Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida koronavirusga qarshi kurashda samarali bo‘lishi mumkin bo‘lgan birinchi dori vositasi ishlab chiqarila boshlandi.
Foto: Reuters
Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi Taychjou shahri ma'muriyatiga tayanib xabar berdi.
Rasmiylarning WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotiga ko‘ra, gap avval Favipiravir yoki Avigan nomi bilan ma'lum bo‘lgan dori vositasi haqida bormoqda.
Ta'kidlanishicha, hozirgi nomlanishi “Faveylavey” bo‘lgan dori Zhejiang Hisun Pharmaceutical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va sotuvga chiqarish uchun Xitoyning oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qilish davlat boshqarmasi tomonidan rasman ma'qullangan.
16 fevralda ishlab chiqarilishi boshlangan dori virusning oldini olish va davolashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Dorining lotin tilidagi nomi ma'lum qilinmagan, biroq internetda dorini ishlab chiqarishga litsenziyada Favipiravir nomi qayd qilingan.
Xitoyning biotexnologik ishlanmalar milliy markazi direktori Chjan Sinmin bir nechta dorilar, jumladan, Remdesivir (remdesivir), Yaponiyaning Favipiravir (Favipivavir) dori vositalari koronavirusni davolashda yuqori samara namoyish qilganini ta'kidlab o‘tgan. Shuningdek, mutaxassis Xitoy koronavirusdan vaksina ishlab chiqilishini tezlashtirish uchun turli texnologik yondashuvlar qo‘llayotgani, bir qator vaksinalar esa hayvonlarda sinalishi boshlanganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025