Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada o‘tkazilgan musobaqada sportchilar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi
Farg‘onada o‘tkazilgan musobaqada sportchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan mushtlashuv yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi
Joriy yilning 14 fevral kuni soat 12:50larda Farg‘ona ixtisoslashtirilgan “Olimpiya zaxiralari” maktab internatida dzyudo bo‘yicha musobaqa o‘tkazilgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, unda 18 yoshli J.X. va 20 yoshli T.K. o‘zaro janjallashgan, oqibatda J.X. tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga murojaat qilgan.
Dastlabki tibbiy ma'lumotnomaga ko‘ra, fuqaro J.X. bosh qismidan “yengil” tan jarohat olganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB 4-sonli IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Janjal kelib chiqishining sabablari o‘rganilib, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi, deyilgan ma'lumotda.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025