Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda fuqaroga 72 mln so‘m moddiy zarar yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijonda ayol kishini 72 370 000 so‘mga aldab ketgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2019 yil iyun oyida 50 yoshli M.M. 44 yoshli G.T. (ayol)ning ishonchiga kirib, 52.860.000 so‘mlik ayollar kiyimlarini sotib pullarini qaytarib berishni aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u ushbu mollarni sotib yuborgan, bundan tashqari G.T.ning ishonchiga yana bir bor kirib, undan jami 19.510.000 so‘mlik oyoq kiyimlarini olib, tez kunda sotib pullarini ham qilib berishini aytib, mollarni sotib yuborib, aldab shu kunga qadar pullarni bermay G.T.ga jami 72.370.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025