Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda 25 mlrd dollarlik birinchi arab atom elektr stansiyasi ishga tushiriladi
BAAning atom faoliyatini tartibga solish federal agentligi (FANR) amirliklardagi Barakah atom elektr stansiyasining birinchi blokini ishga tushirishga litsenziya berdi. Ruxsat olingach, AES 2020 yilning birinchi yarmidayoq ishga tushirilishi mumkin.
Bu haqda BAAning Xalqaro atom energiyasi agentligidagi doimiy vakili va FANR direktorlar kengashi rahbari o‘rinbosari Hamad al-Ka'biy ma'lum qildi.
“Atom elektr stansiyasining birinchi bloki ishga tushirilishiga litsenziya berilishini rasman e'lon qilamiz. Bu mintaqada atom stansiyasiga ega birinchi arab davlati bo‘lgan BAA uchun tarixiy lahzadir”, deb aytgan al-Ka'biy.
Uning aytishicha, litsenziya olingach, stansiya ekspluatatsiyasiga javob beruvchi Nawah Energy Company kompaniyasi stansiyani tijoriy maqsadda ishga tushirishga tayyorlay boshlaydi.
Avvalroq FANR bosh direktori Xrister Viktorsson AES litsenziya olingach va unga yadro yonilg‘isi yuklangach 2020 yil boshida ishga tushirilishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
4 ta reaktorga ega AES mamlakat g‘arbida, Fors ko‘rfazi sohilida, Abu-Dabi amirligining Al-G‘arbiya viloyatida qurilmoqda.
25 mlrd dollarlik AES qurilishi 2011 yilda boshlangan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025