Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda nazorat ostida bo‘lgan ayrim shaxslarning respublikadan chiqishi cheklab qo‘yiladi
Nazorat ostidagilar ma'muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida yashash joyini o‘zboshimchalik bilan tark etgan hollarda ularning respublika hududidan chiqishini cheklashni nazarda tutuvchi tartib joriy qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2020-2021 yillarda ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2020 yil dekabrga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Unda nazorat ostidagilar ma'muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida yashash joyini o‘zboshimchalik bilan tark etgan hollarda ularning respublika hududidan chiqishini cheklashni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish mo‘ljallanmoqda.
Mas'ul ijrochilar - Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura.
Shuningdek, tegishli oliy ta'lim muassasalarida psixologiya yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning probatsiya bo‘linmalarida amaliyot o‘tashini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025