Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodagi fojiali yo‘l-transport hodisalarining aksariyati qaysi yo‘lda sodir bo‘layotgani aytildi
Fojiali YTHning aksariyati A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 300 kilometrdan ortiq bo‘lgan cho‘l hududidan o‘tuvchi qismida kuzatilyapti
Buxoro viloyatida qayd etilgan o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining aksariyati viloyat hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 300 kilometrdan ortiq bo‘lgan cho‘l hududidan o‘tuvchi qismida sodir bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur yo‘l-transport hodisalari asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga hamda respublikaning boshqa viloyatlariga qatnovchi haydovchilarning charchoqlik natijasida cho‘l hududida uxlab qolib, yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilishi, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan avtotransport vositalarining orqa tomoniga borib urilishi yoki qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan avtotransport vositalari bilan to‘qnashuvi oqibatida kelib chiqmoqda.
Shularni inobatga olgan holda haydovchilardan:
o‘zlarida charchoq alomatlari sezilganda yo‘l yoqasida joylashgan dam olish joylari (kemping) hamda ovqatlanish shoxobchalarida to‘xtab dam olishlarini (kofe ichish, hushyorlikni oshiruvchi boshqa mahsulotlarni iste'mol qilish);
yo‘lga otlanayotganda ob-havo sharoitini inobatga olishni (ob-havo haroratining keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi va hokazo);
imkon qadar temir yo‘l transportidan foydalanishni;
texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmaslikni;
zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni;
piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lish so‘ralgan.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025