Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh nashrining 3 jurnalistini kamsituvchi sarlavha sababli akkreditatsiyadan mahrum qildi
Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQShning The Wall Street Journal nashrining 3 jurnalistini koronavirus haqidagi maqolaning sarlavhasi sababli akkreditatsiyadan mahrum qildi. Pekinning fikricha, ushbu sarlavhada irqchilikka yo‘l qo‘yilgan.
Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. Maqola WSJׄ’da “Xitoy – Osiyoning haqiqiy kasal kishisi” (China Is the Real Sick Man of Asia) sarlavhasi bilan 3 fevralda chiqqan.
Ta'kidlanishicha, nashrning 3 jurnalisti – AQSh fuqarolari Jon Chin va Chao Den hamda avstraliyalik Filip Veng akkreditatsiyadan mahrum qilingan va ularga Xitoyni tark etish uchun 5 kunlik muhlat berilgan.
Maqola Xitoyda koronavirusning tarqalishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Xitoy iqtisodiyoti virus sababli boshdan o‘tkazgan silsilalar sababli mamlakatning geosiyosiy ta'siri kamayishi mumkinligi ta'kidlab o‘tilgan.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Gen Shuanning ta'kidlashicha, ushbu sarlavha “Xitoy hukumati va xalqining virus tarqalishiga qarshi sa'y-harakatlariga soya soladi”. “Mualliflar Xitoy xalqi va jahon hamjamiyati tomonidan qoralangan va norozilik tug‘dirgan irqchi va kamsituvchi sarlavha qo‘llashgan. Xitoy xalqi kamsitish va irqchilik tilidan foydalanuvchi hamda Xitoyga tuhmat qiluvchi va hujum qiluvchi OAVlarni ma'qullamaydi. Shu sababli bugundan boshlab The Wall Street Journal’ning 3 jurnalisti akkreditatsiyasini chaqirtirib olishga qaror qilindi”, deb aytgan Gen Shuan.
Xitoy AQSh nashridan uzr so‘rashni va sarlavhaga aloqadorlarni jazolashni talab qilgan, biroq nashr bu talabni bajarmagach, jurnalistlarni akkreditatsiyadan mahrum qilishga qaror qilgan.
Maqolada Xitoyning “sick man of Asia” (Osiyoning kasal kishisi) deb atalishi Pekinga xush kelmagan. Chunki bu ibora XIX asr oxiri - XX asr boshida dunyoning yetakchi davlatlariga qarshi turishga qodir bo‘lmagan Xitoyni ta'riflashda qo‘llangan.
Ta'kidlash joiz, WSJ jurnalistlarining akkreditatsiyadan mahrum qilinishi AQSh tomonidan Xitoyning 5 nashri – “Sinxua” axborot agentligi, China Global Television Network telekanallar tarmog‘i, Xitoy xalqaro radiosi, China Daily gazetasini chop etuvchi China Daily Distribution Corporation va Hai Tian Development USA kompaniyalari “xorijiy missiyalar” deb qabul qilinishi ortidan yuz bergan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virus yoki kasallikka beriladigan nom u yoki bu davlatni ranjitmasligi ortidan faol kuzatib boradi. Tashkilot qoidalariga ko‘ra, virus va kasalliklarni ularning paydo bo‘lishi va tarqalishi joyi bo‘yicha atash taqiqlanadi. JSST yangi kasalliklarga muayyan davlatlar, mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari yoki odamlarga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydigan neytral nomlarni berishni qo‘llab-quvvatlaydi.
JSSTda ta'kidlanishicha, kasalliklarning “Yaqin Sharq respirator sindromi” yoki “cho‘chqa grippi” kabi nomlanishi Yaqin Sharq mintaqasi va iqtisodiyotning tegishli tarmog‘iga nisbatan salbiy munosabat keltirib chiqargan.
Shu sababli JSSTda yangi koronavirusga neytral “Covid-19” nomini berishga qaror qilingan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025