Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hasanboy Rahimov Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum etildi. Unda doping aniqlangan
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Hasanboy Rahimov (-125 kg) antidoping qoidalarini buzgani uchun 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasidan mahrum qilindi.
Jahon kurash birlashmasi (UWW) matbuot xizmati xabarida keltirilishicha, Xalqaro sinov agentligi (International Testing Agency) ushbu o‘zbekistonlik sportchining qonida taqiqlangan moddalar mavjudligini aniqlagan va sportchi xalqaro musobaqalardan chetlatilgan. Hasanboy Rahimovdan tashqari suriyalik Badha Xutaba (-125 kg) va fransiyalik Zelimxon Hojiyev (-74 kg) ham qonidan doping topilgani sababli diskvalifikatsiya qilingan.
Bu uch sportchi ham Tokio olimpiadasiga yo‘llanma olgandi. Ularning litsenziyalari qaytadan o‘ynaladi.
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Rahimov 2019 yilning sentabr oyida Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritib, litsenziyaga ega chiqqandi. U 2019 yilning oktyabrida O‘zbekiston prezidenti tomonidan taqdirlangandi.
Endilikda o‘zbekistonlik boshqa bir kurashchiga mart oyida bo‘lib o‘tadigan olimpiadaga saralash musobaqalarida qatnashish huquqi beriladi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi
18:41 / 22.10.2024
Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli jazolandi
19:08 / 07.08.2024