Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya prezidenti o‘z yubileyiga u bilan bir sanada tug‘ilgan barcha hamyurtlarini taklif qildi
Shveytsariya prezidenti Simonetta Sommaruga o‘z tavalludining 60 yilligiga u bilan bir sanada tug‘ilgan barcha hamyurtlarini taklif qildi.
Bu haqda The Local nashri xabar berdi.
Prezidentning yubileyi ishtirokchisiga aylanish uchun prezident saytida ro‘yxatdan o‘tish va o‘z pasporti nusxasini taqdim qilish kerak bo‘ladi.
Sommaruga 14 may kuni 60 yoshga to‘ladi. Nashrning ta'kidlashicha, 1960 yilda mamlakatda 94372 bola dunyoga kelgan, bundan esa o‘sha yili kuniga o‘rtacha 260 shveysariyalik tug‘ilgani kelib chiqadi va taxminan shuncha odam prezident yubileyiga bora olishi mumkin.
Hozircha prezident o‘z yubileyi tafsilotlari bilan bo‘lishmayapti. Shunisi ma'lumki, tantana Byorn yaqinida bo‘lib o‘tadi.
Simonetta Sommaruga 2020 yil 1 yanvardan Shveytsariya prezidenti lavozimini egallamoqda.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025