Jamiyat | 09:50 / 24.02.2020
10052
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda tuman tibbiyot birlashmasidagi talon-torojliklar fosh etildi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tuman tibbiyot birlashmasidagi talon-torojliklar fosh etildi

Foto: REUTERS/Mukhammadsharif Mamatkulov

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, unda birlashmaning pullik xizmat bo‘limi mansabdor va moddiy javobgar shaxslari 2018-2019 yillar davomida pullik xizmat bo‘limiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun murojaat qilgan 4905 nafar fuqarolar tomonidan to‘langan pul mablag‘larini bo‘lim g‘aznasiga kirim qilmay, jami 281,9 mln. so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid