Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirus bo‘yicha maxfiy matbuot anjumani o‘tkaziladi - OAV
AQSh ma'muriyati 25 fevralda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha senatorlar uchun maxfiy brifing o‘tkazadi.
Bu haqda AQSh kongressi apparatidagi manbalar “Assoshieyted Press” axborot agentligiga xabar qilgan.
24 fevralda AQSh prezidenti Donald Tramp kongressdan koronavirusga qarshi kurash uchun 2,5 mlrd dollar ajratishni so‘ragan.
“Bugun ma'muriyat vaksinani ishlab chiqishni tezlashtirish, tayyorgarlik va javob berishni qo‘llab-quvvatlash, zarur uskunalar va materiallar sotib olish uchun 2,5 mlrd dollarlik moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha rejani yo‘llamoqda”, deyilgan xabarda.
Trampning o‘zi AQShda koronavirus bilan bog‘liq vvaziyat nazorat ostidaligini aytgan.
AQShda ayni vaqtda koronavirusga chalinish bo‘yicha 14 ta holat qayd qilingan. Shuningdek, koronavirusga chalingan 39 amerikalik xorijdan qaytarilib, karantinga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025