O‘zbekiston | 22:27 / 25.02.2020
28647
1 daqiqa o‘qiladi

Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga rasman tasdiqlandi

Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Bu haqdagi prezident farmoni 25 fevral kuni e'lon qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, Qo‘chqorov nomzodini vazir sifatida tasdiqlash masalasi palataning 24 fevraldagi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan va taklif ma'qullangan.

Jamshid Qo‘chqorov 2017 yil noyabrida Moliya vaziri etib tayinlangan, 2019 yil fevralidan Bosh vazir o‘rinbosari — Moliya vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi.

Endilikda Moliya vazirligiga bungacha vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Timur Ishmetov rahbarlik qiladi.

Mavzuga oid