Jahon | 23:30 / 25.02.2020
15896
3 daqiqa o‘qiladi

Ochilishida Mirziyoyev va Erdo‘g‘an qatnashgan Anqaradagi Millat kutubxonasiga sayohat

20 fevral kuni Turkiya poytaxti Anqarada Turkiya respublikasi prezidentining Millat kutubxonasi ochildi.

Kutubxona ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an taklifiga binoan, yagona oliy martabali mehmon sifatida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Tantanali marosimni Anqaradan turib yoritgan Kun.uz muxbiri Turkiya prezidenti Millat kutubxonasidan videolavha tayyorladi.

Millat kutubxonasi dunyodagi eng ko‘rkam va boy kitob fondiga ega kutubxonalardan biri sanaladi.

Muassasa qurilishi 2015 yilda boshlangan edi.

Yangi ochilgan kutubxona fondidan 2 mlndan ortiq bosma kitob, 12500 dona bosma jurnalning 2 mlndan ortiq soni o‘rin olgan.

Unda, shuningdek, 550 ming elektron kitob, 6,5 mln elektron ilmiy ishlar va 60 mingga yaqin elektron jurnalga oid 120 mlnga yaqin maqola, hisobot va boshqa ma'lumotlar mavjud.

Prezident kutubxonasi 11 qavatdan iborat. Bir vaqtning o‘zida 5 ming kitobxonni qabul qilish quvvatiga ega.

Kutubxonaning eng katta «Jahonnoma» zalida 16 ta ustun bor. Bu – 16 ta turkiy xalqlarning ramziy ma'nosini bildiradi.

Bu zal qubbasida Alaq surasining 4- va 5-oyatlarining turkcha tafsifi bitilgan: «U qalam bilan ilm o‘rgatgandir. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi».

Kutubxonaning 6-qavatida 408 kishilik ovqatlanish joyi, 74 kishilik shirinliklar kafesi va dam olish hududi joylashgan.

Bu qavatda 2 ta yig‘ilishlar zali ham bor.

O‘qish zallarida foydalanuvchilar telefonda gaplashishlari, choy va kofe ichishlari hamda suhbatlashishlari mumkin bo‘lgan 8 ta dam olish bo‘limi hozirlangan.

Kutubxonaning 1699 m.kv. maydonda joylashgan nodir asarlar bo‘limi bir vaqtning o‘zida 226 kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi.

Bu yerda 50 mingga yaqin nodir asarlar va ularning elektron versiyalari saqlanadi.

Kutubxonada 24 ta trening xonalari va sinflar mavjud bo‘lib, bu sinflar 328 kishi uchun mo‘ljallangan.

Kutubxonada tadqiqotlar bo‘limi ham bor va u 3862 m.kv. maydonda, 630 kishilik sig‘imga ega. Bo‘limda 20 mingdan ortiq ilmiy kitoblar o‘rin olgan.

Konferensiyalar zali 897 m.kv. maydonda joylashgan bo‘lib, 500 kishiga mo‘ljallangan.

Saljuqiylar nomli ko‘rgazma va muzey zalida turli davrlarga oid ko‘rgazmalar tashkil etiladi.

Kutubxona ochilishida nutq so‘zlagan Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning aytishicha, bu kutubxonada kitobxonlarga har kuni, 24 soat mobaynida xizmat ko‘rsatiladi.

Shuningdek, kitobxonlarga choy, kofe kabi ichimliklar, simit va kek shirinliklari bepul taqdim etiladi.

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid