Fan-texnika | 01:28 / 26.02.2020
3544
2 daqiqa o‘qiladi

MasterCard rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshiriladi

Foto: Global Look Press

MasterCard to‘lov tizimi 2021 yil 1 yanvardan kompaniyaning bosh direktori Maykl Mibax bo‘lishini ma'lum qildi.

Mibax ayni vaqtda kompaniyaning mahsulotlar bo‘yicha direktori lavozimini egallaydi. Kompaniyaning bosh direktor lavozimini 10 yildan beri egallab kelayotgan Ajay Banga esa direktorlar kengashi raisiga aylanadi. O‘z navbatida Banga iste'foga ketadigan 63 yoshli Richard Xeytorntveyt o‘rnini egallaydi.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, rahbariyatning rejali almashtirilishi kompaniya yo‘nalishining izchilligini va yangi yechimlar topishni ta'minlagan holda o‘tish davrining ravon kechishini ta'minlaydi. Maykl Mibax o‘z vaqtida MasterCard’da AQSh va EMEA hududida (Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika) rahbarlik lavozimlarini egallagan va to‘lovlar, bank xizmatlari hamda yangi texnologiyalar rivojlantirilishiga javob bergan. 

Avvalroq MasterCard koronavirusning katta ko‘lamda tarqalishi kompaniyaning joriy yil bo‘yicha tushumiga salbiy ta'sir qilishi mumkinligini ma'lum qilgan.   

 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid