Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli ta'sir qiluvchi dorilarni 45 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan talabalar ushlandi
Kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan tibbiyot instituti talabalari ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha, Andijon davlat tibbiyot instituti uch nafar talabalari boshqa shaxs bilan til biriktirib, xaridorga jami 1 000 dona kuchli ta'sir qiluvchi “Tropikamid” dorisini 45 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlanganlar.
Xuddi shunday, hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tadbirda, fuqarolar K.M. va M.A. xaridorga jami 2 625 dona “Tropikamid” dorisini 105 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 8 000 dona “Tropikamid” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025