Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni ziyoratchilarning mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqladi
Saudiya Arabistoni rasmiylari Makka shahrida Umra amalini bajarish va Madinada Nabaviy Masjidni ziyorat qilish uchun keladigan fuqarolarning mamlakatga kirishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda podshohlikning Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.
#Statement | Proactive Preventive Measures to Prevent the Arrival of the New Coronavirus (#COVID19) to the Kingdom pic.twitter.com/fuBAWq19Du
— Foreign Ministry 🇸🇦 (@KSAmofaEN) February 26, 2020
«Umra amalini bajarish va Nabaviy Masjidni ziyorat qilish uchun podshohlikka kirish vaqtincha to‘xtatildi», - deya xabar berdi vazirlik Twitter’da.
Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi «yangi koronavirusning tarqalishi xavfi» bo‘lgan mamlakatlar fuqarolarining sayyohlik vizalari bo‘yicha kirishi to‘xtatilayotgani haqida ma'lum qildi.
Bundan oldin, koronavirus yana uchta davlatda aniqlangani, Germaniyada epidemiya boshlangani, Litvada favqulodda holat e'lon qilingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025