Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida elektron golf ishga tushiriladi – Turizm qo‘mitasi
2020-2021 yillar mobaynida Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlari hududlarida golf maydonlari barpo etiladi.
Bugun, 27 fevral kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida turizm sohasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Jo‘rabek Ahmedov «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida qurilayotgan golf maydonlari haqida ma'lumot berdi.
«Prezidentning ushbu farmonida Toshkent viloyati turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Hududni turistik salohiyatini oshirish maqsadida Janubiy Koreyaning «Seok Tae Global» kompaniyasi tomonidan 1,3 gektar yerda elektron golf klub qurilmoqda. Joriy yilning uchinchi choragida ishga tushirishni rejalashtirganmiz.
Jizzax viloyatida esa Janubiy Koreyaning «Mirasmanda Golf Resort» kompaniyasiga golf kompleks qurish uchun 200 gektar yer ajratildi. Yirik maydonga ega golf maydonlarini tashkil qilish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirilyapti.
Samarqand viloyatida shunday golf maydonlari quriladi. Bu loyihaga yer ajratilgan», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ahmedovning qo‘shimcha qilishicha, «2019 – 2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 638 milliard so‘m qiymatga ega 45ta investitsion loyiha ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Shundan 9ta loyiha ishga tushdi. Yil davomida 43ta loyiha to‘liq ishga tushadi. Bunda 500 mlrd so‘mga yaqin investitsiya o‘zlashtiriladi. 1500ga yaqin ishchi o‘rni yaratiladi. Sanab o‘tilgan loyihalar tarkibiga golf maydonlari tashkil etish ham kiritilgan.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025