O‘zbekiston | 18:48 / 28.02.2020
61736
2 daqiqa o‘qiladi

Abrol Vahobov yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abrol Jabarovich Vahobov yangi lavozimga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «A.Vahobovni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

«Abrol Jabborovich Vahobov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlansin», deyiladi qarorda.

Abrol Vahobov 2008—2016 yillarda Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste'mol tovarlari axborot-tahlil departamentining oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish sho‘'basiga rahbarlik qilgan, 2016-2019 yillarda Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2019 yilning fevralidan buyon O‘zbekiston bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan avvalroq, Buxoro viloyatining sobiq hokimi O‘ktam Barnoyev Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid