Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning eng badavlat 5 odami bir kun ichida 6 mlrd dollar yo‘qotdi
Rossiyaning eng badavlat 5 odamining umumiy boyligi bir kun ichida 6,1 mlrd dollarga kamaydi. Ulardan eng ko‘p yo‘qotishlarga “LUKOYL” prezidenti Vagit Alekperov va “Nornikel” egasi Vladimir Potanin uchragan.
Ma'lum qilinishicha, Vladimir Potanin 1,4 mlrd dollar yo‘qotgan, ayni vaqtda uning aktivlari 26 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bunga unga tegishli kompaniya aksiyalarining 6 foizga arzonlashib ketgani sabab bo‘lgan.
Vagit Alekperov esa yanada ko‘proq yo‘qotgan: 1,6 mlrd dollar. Uning boyligi 23,2 mlrd dollargacha kamaygan.
Rossiyaning uchinchi raqamli boy kishisi, NOVATEK kompaniyasi boshqaruv raisi Leonid Mixelson 1,2 mlrd dollar yo‘qotgan. Kompaniya aksiyalari 9,8 foizga arzonlashib ketgan. Buning oqibatida Mixelsonning aktivlari qiymati 22,5 mlrd dollargacha qisqargan.
Novolipetsk metallurgiya kombinati egasi Vladimir Lisin 910 mln dollar yo‘qotgan. Uning umumiy boyligi endi 21,3 mlrd dollarga baholanmoqda.
“Severstal” egasi Aleksey Mordashov aktivlari 948 mln dollarga kamayib, 19,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Uning kompaniyasi aksiyalari 9,7 foizga arzonlashib ketgan.
Milliarderlar ularga tegishli kompaniyalar aksiyalari arzonlashishi oqibatida pul yo‘qotmoqdalar. Xususan, “Nornikel” aksiyalari deyarli 5 foizga, “LUKOYL”niki 5 foizga, NOVATEKniki 3 foizga qadrsizlangan. Aksiyalar narxi pasayishi sarmoyachilarning koronavirus epidemiyasidan xavotirlanayotganlari ortida yuz bermoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025