O‘zbekiston | 12:14 / 29.02.2020
3735
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Dohada Zalmay Xalilzod bilan uchrashdi

Afg‘onistondagi tinchlik jarayonining yangi bosqichidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Foto: TIV axborot xizmati

2020 yil 28 fevral kuni Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili, elchi Zalmay Xalilzod bilan uchrashdi.

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi xabariga ko‘ra, uchrashuvda AQShning mintaqadagi siyosati arxitektorlaridan biri bilan Afg‘onistondagi tinchlik jarayonining yangi bosqichidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy taklifga binoan 29 fevral kuni Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan AQSh va «Tolibon» harakati o‘rtasida bitim imzolash marosimida ishtirok etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid