Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati ochiqlandi
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida pullik xizmatlar ko‘rsatilishi tartibga solinadi
Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasiga ko‘ra, quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati;
o‘tkazish punktlarida alohida shaxslarga xizmat ko‘rsatish yo‘laklari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
pullik xizmatlar o‘tkazish punktini normal faoliyatiga ta'sir etmagan holatdagina amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi;
pullik xizmatlarning ko‘rsatilishi uchun o‘tkazish punktlari Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha boshqarmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining joylardagi hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda, o‘tkazish punktini individual ko‘rsatkichlarini inobatga olib belgilanadi. Bunda, o‘tkazish punktining geografik joylashuvi, ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan pullik xizmatlar turi hamda ularni ko‘rsatish uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan hudud maydoni, o‘tkazish punktining o‘tkazuvchanlik qobiliyati inobatga olinadi;
o‘tkazish punktida ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar davlat mulkini ijaraga berish orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 102-sonli qarori talablari asosida amalga oshiriladi;
davlat mulki ijarasidan tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni talablariga muvofiq taqsimlanadi;
o‘tkazish punktida pullik xizmatlarning ko‘rsatilishini vaqtincha to‘xtatib turilishi, qayta tiklanishi va tugatilishi, shuningdek ularni ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar ijaraga oluvchi tomonidan qoplanishi belgilangan tartibda tuzilgan davlat mulkini ijaraga berish shartnomasida ko‘rsatiladi;
o‘tkazish punktida ko‘rsatiladigan har bir pullik xizmat amaldagi qonunchilik bilan belgilab berilgan tartibda amalga oshiriladi;
Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmasi asosida, istisno tariqasida, o‘tkazish punktlarida pullik xizmat ko‘rsatilishi uchun yuridik shaxslar o‘rtasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 102-sonli qarori talablariga muvofiq o‘tkaziladigan tanlovga, o‘tkazish punktlarida yangi bino va (yoki) inshoot qurilishi hamda tanlov o‘tkazilgandan so‘ng g‘olib tomonidan ushbu qurilgan yangi bino va (yoki) inshootni bojxona organlari balansiga operativ boshqaruv huquqi bilan beg‘araz o‘tkazilishi bo‘yicha qo‘shimcha tanlov talabini kiritishga ruxsat beriladi.
Bojxona organlari balansiga beg‘araz o‘tkazib berilgan bino va (yoki) inshoot uni qurib bergan yuridik shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 102-sonli qarori talablari asosida ijaraga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan mobil aloqa operatorlari xizmatlari.
2. Ovqatlanish hamda sanitar – gigiyenik xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyat.
3. Boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarning chakana savdosi.
4. Yo‘lovchilar uchun qo‘l aravachalarini ijaraga berish.
5. Yo‘lovchilar va ularning yuklarini o‘tkazish punkti ichida tashish xizmati.
6. O‘tkazish punkti orqali harakatlanayotgan transport vositalariga birinchi texnik (murakkab ta'mirlash ishlari bundan mustasno) xizmat ko‘rsatish hamda ularni favqulodda evakuatsiya qilish.
7. Hajmi katta bo‘lmagan qo‘l yuklarini saqlab berish (kamera xraneniya).
8. Transport vositalarida tashilayotgan yuklar bilan operatsiyalar amalga oshirish (yuk ortish, tushirish, qayta yuklash).
9. Tarjimonlik xizmati.
10. Yo‘lovchilarni o‘tkazish punkti ichida alohida yo‘laklar (VIP) orqali harakatlanishini tashkil etish.
11. Xizmat ko‘rsatish (yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi va migratsiya blankini to‘ldirib berish, kseronusxa olish, turli kompyuter xizmatlari, faks, internet) xonalari (stol uslug).
12. Taksi chaqirib berish xizmati.
Mavzuga oid
10:55 / 06.05.2025
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi
16:52 / 29.04.2025
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi
18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi
16:31 / 08.04.2025