Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stiv Jobsning bevasi: «Agar uzoq umr ko‘radigan bo‘lsam, boyligim hayotim bilan birga tugaydi»
Bloomberg milliarderlar reytingiga ko‘ra, Loren Pauell Jobsning boyligi 24 milliard dollarga yaqin. U dunyoning eng badavlat insonlari reytingida 38-o‘rinda turadi.
Apple asoschisi Stiv Jobsning bevasi Loren Pauell Jobs erining o‘limidan keyin ko‘p milliardlik merosni farzandlariga qoldirmaydi. U bu haqda The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
Loren Pauell Jobsning so‘zlariga ko‘ra, u ulkan boylik bir oila qo‘lida to‘planishini noto‘g‘ri deb hisoblaydi. U meros qolgan boylikni kam ta'minlangan insonlarga ko‘proq foydasi tegishi uchun xayriya ishlariga sarflamoqchi.
«Agar uzoq umr ko‘radigan bo‘lsam, boyligim hayotim bilan birga tugaydi», — dedi u.
Loren Pauell Jobs 2004 yilda ta'lim va madaniy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydigan Emerson Collective xayriya tashkilotiga asos solgan. Stiv Jobsning o‘limidan keyin u bu maqsadlarga yanada ko‘proq pul sarfladi.
Bloomberg milliarderlar reytingiga ko‘ra, Loren Pauell Jobsning boyligi 24 milliard dollarga yaqin. U dunyoning eng badavlat insonlari reytingida 38-o‘rinda turadi. Jobs bilan nikohidan uch nafar farzandi — o‘g‘li Rid, qizlari Erin va Yeva bor.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025