Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya KXDR ballistik raketalar uchirganini taxmin qildi
O‘tgan yil dekabrda KXDR rahbari Kim Chen In tez orada yangi strategik qurolini namoyish etishini aytgandi.
Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR dushanba kuni kichik masofaga mo‘ljallangan ikkita ballistik raketa uchirganini taxmin qilmoqda.
"Biz KXDR kichik masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalarni uchirdi deb taxmin qilmoqdamiz", - deya qo‘mita vakilidan iqtibos keltirmoqda Yonhap agentligi.
Xabar qilinishicha, KXDR raketalari Vonsan shahri hududidan uchirilgan va 35 km balandlikda 240 km masofani bosib o‘tgan.
Koreya respublikasi prezidenti ma'muriyati ushbu holatdan so‘ng favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra e'lon qilingan bayonotda KXDRning harakatlari Seulning "jiddiy xavotiri"ni uyg‘otganligi ta'kidlanadi.
2020 yil boshidan buyon bu dastlabki mana shunday holatdir. O‘tgan yil dekabrda KXDR rahbari Kim Chen In tez orada yangi strategik qurolini namoyish etishini aytgandi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025