Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xalqaro bozorlarda tan olingan standartlarni joriy etishga ko‘maklashuvchi mexanizmlar ishlab chiqiladi
Xalqaro bozorlarda tan olingan sifat va muvofiqlik standartlarini joriy etishga ko‘maklashuvchi mexanizmlar ishlab chiqiladi
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro bozorlarda tan olingan sifat va muvofiqlik standartlarini (Global G.A.P, Organic, HACCP va boshqalar) joriy etishga ko‘maklashuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan xalqaro bozorlarda tan olingan sifat va muvofiqlik standartlarini (Global G.A.P, Organic, HACCP va boshqalar) joriy etishga ko‘maklashuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlanadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Qishloq xo‘jalik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda yo‘l xaritasida belgilangan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bo‘yicha buyurtma portfelini shakllantirishni ta'minlaydi;
Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jalik vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda xalqaro standart talablarini joriy qilishda maslahat xizmatlar ko‘rsatilishini moliyalashtirish tartibini ishlab chiqadi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlaydi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga ko‘maklashish uchun yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar to‘g‘risida ma'lumot va axborotlar katalogini chop etadi.
“O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan birgalikda eksport geografiyasini kengaytirish va barqaror savdo-sotiq aloqalarini mustahkamlashda texnik to‘siqlarni bartaraf etish uchun xalqaro oziq-ovqat mahsulotlar xavfsizlik me'yorlari hamda sanitariya, fitosanitariya, veterinariya sanitariya tadbirlari bo‘yicha yagona ma'lumotlar bazasini shakllantiradi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan birgalikda xalqaro standartlarni joriy qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
13:24 / 26.04.2024
Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtiriladi
11:51 / 01.04.2024
Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish tartibi takomillashtirilyapti
08:02 / 25.03.2024
Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi
09:40 / 05.01.2024