Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirusga chalinganlar uchun qurilgan maxsus shifoxonalardan birinchisi yopildi
Xitoyning Xubey provinsiyasida koronavirusga chalinganlar uchun tezkorlikda qurilgan vaqtinchalik shifoxonalardan birinchisi yopildi.
Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Shifoxonadan oxirgi bemorlar chiqarilgach, shifoxona o‘z ishini to‘xtatishga qaror qilgan. Ushbu shifoxona koronavirusga chalinganlarni davolash uchun qurilgan 16 ta vaqtinchalik shifoxonalardan eng kattasi bo‘lgan.
Shifoxona rahbari oyning oxirigacha qolgan shifoxonalarni ham yopish rejalashtirilayotganini aytgan.
1 mart kuni Xubeyda 196 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Shu tariqa yangi kasallanish holatlarining kunlik o‘rtacha soni keskin kamaygan.
Xitoyning qolgan shaharlarida ham kasallanganlar soni kamayib, bor-yo‘g‘i 6 ta yangi holat qayd etilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025