Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan 10 kundan keyin olib chiqa boshlaydi - Pentagon
Pentagon rahbari Mark Esper “Tolibon” bilan imzolangan kelishuvga ko‘ra, AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi 10 kundan keyin boshlanishini ma'lum qildi. Kelishuvda 135 kun ichida harbiylar sonini 8600 nafargacha kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Esper, mohiyatan, shu bayonoti bilan AQSh prezidenti Donald Trampning qo‘shinlar Afg‘onistonni 29 fevraldan boshlab tark etishi haqida avvalroq aytgan so‘zlarini inkor etgan.
Pentagon rahbari qo‘shinlar aynan qachon olib chiqila boshlanishi haqidagi savolga bu unga noma'lumligini, biroq u AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi general Mark Milliga 10 kun ichida bu yo‘nalishda harakatlanishni boshlashga ruxsat berganini aytgan.
Esperning ta'kidlashicha, AQSh Afg‘onistonda IShIDga qarshi amaliyotni davom ettirmoqda.
29 fevralda dohada AQSh va “Tolibon” o‘rtasida imzolangan tinchlik kelishuviga ko‘ra, AQSh, uning ittifoqdoshlari va koalitsiya 14 oy ichida Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqmoqchi. Kelishuv imzolangandan 4,5 oy ichida AQSh qo‘shinlari soni 8,6 ming nafargacha qisqartirilishi kerak. Shunga mutanosib ravishda koalitsiya va ittifoqdoshlar qo‘shinlari ham kamaytiriladi. So‘ngra toliblar barcha majburiyatlarni bajarsa, qolgan 9,5 oy ichida Afg‘onistondan qolgan barcha kuchlar ham olib chiqib ketiladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025