Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaz idorasi xodimi uyidagi gaz o‘g‘irligi fosh etildi
Ta'minotchi korxona xodimi M.B. tabiiy gazdan yashirin tarmoq orqali noqonuniy foydalanib, hovlisida tashkil etgan 4 sotixli issiqxonani gaz so‘rg‘ich orqali isitib kelgan
Foto: Global Look Press
Majburiy ijro byurosining Namangan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Katta Toshbuloq” mahallasida yashovchi “Hududgaz" MChJ Namangan tuman filiali ulgurji iste'molchilar bilan ishlash bo‘limi xodimining yashash xonadonida noqonuniy harakat fosh etildi.
Gap shundaki, ta'minotchi korxona xodimi M.B. tabiiy gazdan yashirin tarmoq orqali noqonuniy foydalanib, hovlisida tashkil etgan 4 sotixli issiqxonani gaz so‘rg‘ich orqali isitib kelgan.
Olib borilgan ko‘zdan kechirish jarayonida ma'lum bo‘ldiki, hattoki yashash xonadonini isitish tizimiga o‘rnatilgan qozon, qo‘lbola isitish pechi va oshxonaga o‘rnatilgan gaz plitalari ham aynan noqonuniy tortib kelingan tarmoqqa ulangan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi. Xonadon tarmoqdan vaqtincha ajratildi. Hozirda yetkazilgan zarar summasini aniqlash va belgilangan tartibda chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025