O‘zbekiston | 12:29 / 04.03.2020
39504
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro shahriga hokim tayinlandi

O‘tkir Jumayev Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi

O‘tkir Jumayev / Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Bugun, 4 mart kuni Buxoro shahar faollarining yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi.  Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni kunga qadar Buxoro shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan O‘tkir Jumayev Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Ma'lumot uchun, mehnat faoliyatini 1997 yilda “Buxorosuvqurilish” aksionerlik jamiyatining 37-son ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi ishlab chiqarish bo‘limi muhandisligidan boshlagan O‘tkir Jumayev “Buxoroavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish davlat korxonasi direktori (2009-2010), “Buxoroavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish davlat tashkiloti direktori (2011-2012), “KNAUF GIPS BUXORO” mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona o‘quv markazi boshlig‘i (2012-2015), “KNAUF GIPS BUXORO” mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona direktorining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (2015-2019) lavozimlarida ishlagan. 

Yig‘ilishda shuningdek, Buxoro shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan, ayni kunda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovning Buxoro shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo‘shgan hissasi alohida e'tirof etildi. 

Bundan oldin, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlangani xabar berilgandi.

Mavzuga oid