Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada koronavirus epidemiyasi yuz berishi ehtimoli mavjudligi aytildi
Mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq dastlabki ikki holat yanvar oxirida qayd etilgandi.
Buyuk Britaniya hukumatining bosh tibbiy maslahatchisi Kris Uitti mamlakatda koronavirus epidemiyasi yuz berishi ehtimoli bor deb hisoblamoqda. U bu haqda BBC’ga bergan intervyusida aytdi.
Eng yomon ko‘rinishdagi ssenariyda Birlashgan Qirollikning 80 foizgacha aholisi koronavirus yuqtirishi mumkin, dedi BBC Breakfast dasturida. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik albatta epidemiyaga aylanadi deb ta'kidlab bo‘lmaydi.
"Kasallik yuqtirish to‘lqini bizgacha yetib keladi, ammo uning miqyosini bilmaymiz", - dedi Uitti.
Buyuk Britaniyada ayni paytgacha 53 kishida koronavirus aniqlangan. Qirollik hukumati 3 mart kuni koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi.
Koronavirus sababli 10-12 mart kunlari o‘tkazilish lozim bo‘lgan yillik London kitob yarmarkasi bekor qilindi.
Mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq dastlabki ikki holat yanvar oxirida qayd etilgandi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025