O‘zbekiston | 17:13 / 04.03.2020
5808
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston YaIMda ilmiy soha bor-yo‘g‘i 0,2 foiz ulushga ega – Vazir o‘rinbosari

Ilm-fan sohasi – O‘zbekiston YaIMning bor-yo‘g‘i 0,2 foizini tashkil etadi. 2021 yilda bu ko‘rsatkichni 0,8 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Azimjon Nazarov / Foto : KUN.UZ

Xalqaro press-klubning 4 martdagi sessiyasida inson kapitali mavzusi muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Sessiyada Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov so‘z olib, inson kapitaliga oid muammolarning ikkita sababini keltirib o‘tdi.

«Vazirlik inson kapitaliga aloqador ko‘rayotgan muammolar asosan oliy ta'lim qamrovi kamligi bilan bog‘liq.

Ikkinchi muammo ta'limdan keyingi ilmiy ishlarga kam mablag‘ ajratilishi, deb hisoblayman.

O‘zbekiston ilmiy sohaga YaIMning bor yo‘g‘i 0,2 foizini ajratadi.

2021 yilda bu ko‘rsatkichni 0,8 foizga, 2030 yilda esa 1,5 foizga chiqarish rejalashtirilgan. Rivojlangan davlatlarda YaIMning 4 foizdan ko‘prog‘i ilmiy ishlarga yo‘naltiriladi», – dedi Azimjon Nazarov.

Sarvarxon Buzrukxonov

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonovning so‘zlariga ko‘ra, respublika bo‘ylab bitiruvchilarni oliy ta'limga qamrab olish darajasi 2019 yilda 20 foizdan oshdi, 2020 yilda esa bu ko‘rsatkichni 27 foizdan oshirish rejalashtirmoqda.

«Oliy talimdagi islohotlarning hammasi inson kapitalini rivojlantirishga harakat qiladi. Inson kapitali masalasini hal qilish uchun OTMlarni hududlarga olib kiryapmiz», – deya qo‘shimcha qildi Buzrukxonov.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatida joriy yil oliy ta'lim qamrovi 2020 yilda kamida 25 foizga yetkazilishini aytgandi.

Mavzuga oid