Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an muxolif partiya deputatini sudga berib 165 ming dollar tovon puli talab qilmoqda
4 mart kuni Engin O‘zko‘ch Turkiya parlamentida Erdo‘g‘anni Suriyadagi siyosati uchun tanqid qilgan, shundan keyin ikki partiya deputatlari o‘rtasida o‘zaro mushtlashuv boshlanib ketgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muxolif Respublika xalq partiyasi deputati Engin O‘zko‘chdan 1 mln turk lirasi (165 ming dollar) miqdorida tovon puli talab qilib uni sudga berdi. Bu haqda Turkiya prezidentining advokati o‘z Twitter akkauntida yozdi.
Da'vo arizasida yozilishicha, deputatning so‘zlari prezidentning sha'niga putur yetkazadi va "butkul yolg‘on" hisoblanadi.
"O‘rtacha aqlga ega inson ham bu ayblovlar asossiz va adolatsiz ekanligini tushuna oladi", - deyiladi da'vo arizasida.
4 mart kuni O‘zko‘ch Turkiya parlamentida Erdo‘g‘anni Suriyadagi siyosati uchun tanqid qilgan. Shundan keyin ikki partiya deputatlari o‘rtasida o‘zaro mushtlashuv boshlanib ketgan.
Voqea O‘zko‘ch Erdo‘g‘anning Respublika xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘luga qo‘yayotgan ayblovlariga javob berayotganida yuz bergan. Turkiya prezidenti Qilichdoro‘g‘luni Idlibdagi vaziyat keskinlashgani ortida Suriya prezidenti Bashar Asad bilan muzokaralarni boshlash taklifi uchun “sotqin” deb atagan. O‘zko‘ch o‘z navbatida Erdo‘g‘anni halok bo‘lgan turk harbiylari haqida gapirganda “kalla” (turkchada o‘lik odamning qo‘pol atalishi) so‘zini qo‘llaganlikda hamda sotqinlikda ayblagan.
Anqara bosh prokuraturasi “prezidentni haqoratlagani” uchun O‘zko‘chga nisbatan ish ochgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025