Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NBC Spors Olimpiadada reklamadan daromad olish bo‘yicha rekord yangilanganini e'lon qildi
NBC Spors 2032 yilgacha AQSh hududida Olimpiada o‘yinlarini translatsiya qilish huquqiga egalik qiladi. Kompaniya Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) bilan 2014 yilda bu borada 7,65 mlrd dollarlik shartnoma imzolagan.
AQShda Olimpiada o‘yinlarini translatsiya qilish huquqiga egalik qiluvchi NBC Spors 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga 90 foiz reklama slotini sotib bo‘lganini e'lon qildi. Bu haqda Inside the Games xabar berdi.
«Biz 1,25 mlrd dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tdik. Bu 2016 yilgi Rio-de-Janeyrodagi o‘yinlarda sotilgan barcha reklamalardan ham ko‘p. Olimpiya rekordi yangilandi», — dedi NBC Spors Group’ning reklama sotish bo‘limi boshlig‘i Den Lovinger.
NBC Spors 2032 yilgacha AQSh hududida Olimpiada o‘yinlarini translatsiya qilish huquqiga egalik qiladi. Kompaniya Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) bilan 2014 yilda bu borada 7,65 mlrd dollarlik shartnoma imzolagan.
3 mart kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Olimpiada koronavirus tarqalishiga qaramasdan belgilangan muddatda (24 iyuldan 9 avgustgacha) o‘tkazilishni ma'lum qildi.
«Sportchilarni o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirishga chaqiramiz», — deyiladi qo‘mita bayonotida.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi
23:07 / 17.04.2025