Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston koronavirus tarqalgan mamlakatlardan keladiganlarni deportatsiya qilishini bildirdi
4 mart kuni Qozog‘istonga BAAdan kelgan samolyotda bo‘lgan ikki nafar xitoylik o‘z yurtlariga qaytarib yuborilgan.
Qozog‘iston koronavirus tarqalgan mamlakatlardan keladiganlarni deportatsiya qilishga tayyor. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov ma'lum qildi.
"Himoyalanish maqsadida bunday mamlakatlarda bo‘lgan yoki koronavirus tarqalgan xavfli davlatlarda bo‘lgan shaxslarni deportatsiya qilish huquqiga egamiz va buni amalga oshiramiz", - dedi Birtanov.
U 4 mart kuni Qozog‘istonga BAAdan kelgan samolyotda bo‘lgan ikki nafar xitoylik o‘z yurtlariga qaytarib yuborilganini qo‘shib qo‘ydi.
Avvalroq Qozog‘istonda koronavirus sababli 8 mart sanasiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bekor qilingandi.
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, hozirga qadar mamlakatda koronavirusga chalinish holati qayd etilmagan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025