Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodda olib borilayotgan ishlarni ot mingan holda nazorat qilib chiqdi (video)
5 mart kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Shapolat laqabli ot mingan holda poytaxt Ashxobodda qurilayotgan yangi binolar va ko‘kalamzorlashtirishga tayyorgarlik ishlari bilan tanishib chiqdi.
“Turkmaniston bugun” davlat axborot agentligining xabar berishicha, davlat rahbari poytaxtdagi ishlar nazoratini Kopetdog‘ yonbag‘ridagi yashil hududlarni ko‘zdan kechirishdan boshlagan. Berdimuhamedov ommaviy ekish uchun mo‘ljallangan ko‘chatlar turlarini tasdiqlagan.
Turkmaniston prezidenti teraklar yashil hududlarni tashkil etishda o‘zini yaxshi ko‘rsatgani, shu sababli ularni ko‘plab ekish maqsadga muvofiqligini uqdirgan.
So‘ngra Turkmaniston rahbari Xalq maslahati apparati, Xalqaro anjumanlar markazi va qabullar markazi binolari qurilishi bilan tanishib chiqqan. Nazorat natijalariga ko‘ra Berdimuhamedov tomonidan binolarni bezashga katta e'tibor qaratish va ular qurilishini tezlashtirish vazifalari topshirilgan.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025