Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus: Fransiya madaniyat vaziri virusga chalindi. AQShning Yevropadagi qo‘mondoni karantinda
Fransiya madaniyat vaziri Frank Rister koronavirusga chalindi. Shuningdek, AQShning quruqlikdagi qo‘shinlarining Yevropadagi qo‘mondoni Kristofer Kavoli koronavirusga chalingan kishi bilan muloqot qilgandan keyin uyidan ishlamoqda.
Ta'kidlanishicha, Fransiya madaniyat vaziri Parijdagi uyida qolmoqda va o‘zini yaxshi his qilmoqda. Rister o‘tgan hafta Fransiya parlamentining quyi palatasi - milliy yig‘inda bir necha kun bo‘lgan. Ayni vaqtda parlamentning 5 deputatida koronavirus aniqlangan.
Umumiy hisobda, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 1412 kishini tashkil qilmoqda, ulardan 25 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Shuningdek, AQShning quruqlikdagi qo‘shinlarining Yevropadagi qo‘mondoni general-leytenant Kristofer Kavoli koronavirusga chalingan kishi bilan muloqot qilgan bo‘lishi mumkinligi sababli uyidan turib ishlamoqda. Bu haqda AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari vaziri Rayan Makkarti xabar qilgan.
Shuningdek, Yevropadagi qo‘shinlar shtabidagi bir necha kishi ham ixtiyoriy ravishda karantinda qolmoqda.
Makkartining ta'kidlashicha, harbiylar yaqinda o‘tgan anjuman vaqtida koronavirusga chalingan kishi bilan aloqaga kirishgan bo‘lishlari mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025