Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hozircha yirik ichki tadbirlarni bekor qilishga asos yo‘q – Sog‘liqni saqlash vaziri
Alisher Shodmonov: “Biz favqulodda komissiya qarori bilan xalqaro miqyosdagi tadbirlarni chekladik. Ammo o‘zimizning ichki tadbirlarni, konsertlarni to‘xtatishga asos yo‘q, deb hisoblaymiz”
Bugun, 10 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining profilaktikasi va uning kirib kelishining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan uyushtirilgan bu matbuot anjumani O‘zbekistonda ayni shu muammoga bag‘ishlangan keng qamrovdagi dastlabki xalqaro tadbirga, ilmiy konferensiyaga aylanib ketdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov respublika bo‘ylab yirik tadbirlar, ommaviy konsertlarni cheklash bo‘yicha savolga javob berarkan shunday dedi:
– Biz favqulodda komissiya qarori bilan, JSSTning tavsiyasiga ko‘ra, kasallik qayd etilmagan davlat sifatida xalqaro tadbirlarni cheklaganmiz. Ammo o‘zimizning ichki ommaviy tadbirlarni, sport o‘yinlari, spektakllar, konsertlarni cheklashga ehtiyoj yo‘q, deb topganmiz.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
19:43 / 09.01.2024
Alisher Shodmonov uzoq muddatli ta’tilga chiqdi
10:26 / 12.08.2023