Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusga chalingan Rugani o‘z ahvoli haqida xabar berdi
Foto: AFP/Getty Images
Turinning «Yuventus» klubi futbolchisi Daniyele Ruganida koronavirus aniqlanganligi haqida xabar e'lon qilingach, italiyalik futbolchi bu haqda izoh berdi. U o‘z murojaatida barchadan karantinga qat'i rioya qilishni so‘ragan.
«Men haqimdagi xabardan qayg‘urmasligingizni va xavotir olmasligingizni istardim. Hammasi joyida. Hozirgi favqulodda vaziyatdan chiqib ketish uchun kurashayotgan barcha shifokor va hamshiralarga minnatdorchilik bildirishni o‘z burchim deb bilaman. Barchadan karantinga rioya etishlarini so‘rayman. Chunki bu virus hech kimni tanlab o‘tirmaydi. O‘zimiz, yaqinlarimiz va atrofdagilar uchun ham belgilangan karantin qoidalariga rioya qilaylik» - deya yozadi Rugani instagramida.
Ma'lumot uchun, Italiyada kasallanganlarning umumiy soni 12 mingdan oshib ketdi, qurbonlar soni 827 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021