Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi
10 mart kuni Ozarboyjon hukumati mamlakatda Navro‘z bayrami tadbirlarini o‘tkazishni bekor qilgandi.
Foto: day.az
Ozarboyjonda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Erondan vataniga qaytgan va karantinga joylashtirilgan ozarboyjonlik ayol vafot etdi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi huzuridagi tezkor shtab xabar berdi.
"Ayolda koronavirus infeksiyasi simptomlari aniqlangandi. U karantinga joylashtirilgandi, ammo ayolning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi", - deyiladi shtab xabarida.
Avvalroq Ozarboyjonda koronavirus yuqtirganlar soni 15 nafarga yetgani xabar qilingandi.
10 mart kuni Ozarboyjon hukumati mamlakatda Navro‘z bayrami tadbirlarini o‘tkazishni bekor qildi.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
21:12 / 07.05.2025