Abdulla Abdulla o‘z farmoni bilan Ashraf G‘anining vakolatlari muddati yakunlanganini e'lon qildi
O‘zini Afg‘oniston prezidenti deb e'lon qilgan Abdulla Abdulla 11 mart kuni Ashraf G‘anining prezidentlik vakolatlari muddati yakunlangani haqidagi farmonni e'lon qildi hamda milliy birdamlik hukumati tugatilgani va Ashraf G‘anining farmonlari boshqa qonuniy deb hisoblanmasligini ma'lum qildi.
Abdulla Afg‘oniston prezidenti saylovlaridagi g‘alabasini tan olmagan Ashraf G‘anini “sobiq prezident” deb atagan va uni yangi hukumatda birgalikda ishlashga chaqirgan.
O‘z navbatida G‘ani o‘z farmoni bilan Afg‘oniston ijro kengashi va bosh vazir lavozimini tugatib, bu tuzilma boshqa yo‘qligini ma'lum qilgan.
Avvalgi saylovlarda 2019 yildagi saylovlardagi kabi G‘anining prezident lavozimi uchun asosiy raqibi Abdulla Abdulla bo‘lgan. O‘shanda G‘ani saylovlarning 2-turida g‘olib deb e'lon qilingan va bu turli munosabatni keltirib chiqargan.
Shu sababli mamlakatda noroziliklar bo‘lib o‘tgan va siyosiy inqirozni hal qilish maqsadida milliy birdamlik hukumati tashkil etilgan. Ashraf G‘ani prezident lavozimini, Abdulla Abdulla esa maxsus tashkil etilgan ijro hokimiyati rahbari lavozimini egallagan.
Ayni vaqtda esa Afg‘onistonda siyosiy vaziyat o‘ta keskin tus olgan va ta'kidlanishicha, kichik bir xato ham siyosiy guruhlar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlar boshlanishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024