Light | 02:39 / 13.03.2020
12583
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda g‘arbiy yarimshardagi eng baland joylashgan tomosha maydonchasi ochildi

Foto: AFP

Nyu-Yorkda g‘arbiy yarimshardagi eng baland joylashgan tomosha maydonchasi ochildi.

The Edge deb nomlangan, uchburchak shakldagi oynavand maydoncha Manxettendagi Hudson Yards Tower osmono‘par binosining 100-qavatida joylashgan. 300 metrdan yuqoriroq balandlikdan butun Nyu-Yorkka ajoyib manzara ochiladi.

Foto: AFP
Foto: AFP

Tomosha maydonchasi Gudzon daryosi bo‘yida joylashgan binoning devoridan deyarli 20 metr tashqariga chiqib turadi. Maydonchaga liftda ko‘tarilish 60 soniya vaqt oladi.

Mavzuga oid