O‘zbekiston | 12:43 / 13.03.2020
245252
3 daqiqa o‘qiladi

«Bu hozirgi sharoitda to‘g‘ri emas» - Prezident avtomobillar narxi borasida fikr bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda avtomobillar narxi oshirilganiga o‘z munosabatini bildirdi.

«Mana ko‘ryapsizlar, avtosanoatimiz rahbarlari mashinalar narxini oshirishga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi sharoitda to‘g‘ri emas. Biz xalqqa yengillik yaratishimiz lozim. Har bir qarorni yetti marta emas, yetmish marta o‘ylash zarur. Avvalo xalqimizning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerak», - dedi prezident.

Davlat rahbari bozor iqtisodiyotiga o‘tish og‘irligi, lekin mamlakatimiz shu yo‘ldan borishini ta'kidladi.

9 mart uni O‘zbekistondagi yagona avtomobil ishlab chiqaruvchi UzAuto Motors yengil avtomobillarning yangi narxlarini e'lon qildi. Narxlar turli mashinalar kesimida 15-21 foiz atrofida oshgandi.

Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda va jamoatchilikda ishlab chiqaruvchining bu qaroriga keskin munosabatlar bildirilishi boshlandi. 

«Endi olmayman, ataylab olmayman. Achchiq qilib ham olmayman» – Siyosatchilar avtomobil narxi oshishi borasida qanday fikrda?

11 mart kuni UzAuto Motors kompaniyasi narxlarni qayta ko‘rib chiqish qarori narxlar kon'yunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq ekanligini ma'lum qildi. Shuningdek, «O‘zavtosanoat» yaqin kelajakda mas'ul davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan O‘zbekiston bozoriga olib kiriladigan xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovlarini kamaytirish tashabbusi bilan chiqqani ma'lum qilindi.

«O‘zavtosanoat» vakillari bergan javoblarning biri ikkinchisiga zid» – deputat Doniyor G‘aniyev

Deputatlar kompaniya rahbariyati bilan uchrashuvda o‘z e'tirozlarini bildirishdi.

Deputatlar va avtosanoatchilar savol-javobi: umidga arzirli voqeami yoki populizm?

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi avtomashinalar narxi oshishini keskin qoraladi va UzAuto Motors’ni monopoliyada aybladi.

«UzAuto Motors» ishontira olmadi – e'tirozlar davom etmoqda. Alisher Qodirov esa monopolistni himoya qildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ham UzAuto Motors avtomobillari narxi oshirilishi yuzasidan keskin munosabat bildirdi va iste'molchilar huquqlari kamsitib kelinayotganini ta'kidladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid