O‘zbekiston | 00:08 / 14.03.2020
92188
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston uchta davlat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi, 6 ta davlat fuqarolarining kirishi taqiqlandi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

O‘zbekistonga koronavirus kirishining oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash maqsadida 14 martdan O‘zbekiston bilan Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya o‘rtasidagi barcha aviaqatnovlar to‘xtatiladi.

Xitoy, Koreya Respublikasi, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududiga barcha turdagi chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishi vaqtincha to‘xtatiladi.
 
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida shunday qarorga kelindi, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
 

Unga ko‘ra, cheklovlar quyidagi shaxslarga taalluqli emas:

  • diplomatik va xizmat pasporti egalari;
  • cheklov o‘rnatilgan mamlakatlar fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududiga kirib kelishidan oldin oxirgi 14 kun ichida cheklov o‘rnatilgan mamlakatlarda bo‘lmagan bo‘lsa.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus 11 mart kuni koronavirus pandemiyaga aylanganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid