Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada prezidentlik saylovlari kechiktirilishi mumkin
Polsha hukumati koronavirus infeksiyasining tarqalishi sababli may oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari keyinga surilishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar tarqatgan.
“Saylovga hali ikki oy bor. Ko‘ramiz. Bu kabi masalalar yaqin kunlarda o‘z yechimini topadi. Kasallikning tarqalib borishiga qarab keyingi qarorlarni qabul qilamiz. Hozirgi kunda bizda bunday qaror mavjud emas va bu bekor qilinmaydi, degani ham emas”, – deydi Polsha ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Pavel Shefernaker RMF FM radiosiga bergan intervyusida.
“Bugun saylov haqida hech kim o‘ylayotgani yo‘q, hozir hamma kasallikdan qanday qutulish haqida o‘ylamoqda”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Ayni vaqtga kelib, Polshada koronavirus bilan bog‘liq 84ta holat aniqlangan bo‘lib, ikki kishi vafot etgan.
Juma kuni hukumat Yevropadagi ko‘plab mamlakatlar qatori chet el davlatlari bilan o‘z chegaralarini yopishini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025