Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus: O‘zbekistondagi barcha ta'lim muassasalari karantinga yopiladi
Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari, maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga 16 martdan ta'til beriladi.
16 martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar, maktablar va oliy ta'lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida karantinga yopiladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifing chog‘ida ma'lum qildi.
Kun.uz manbasi xabar qilishicha, ta'lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi ko‘zda tutilgan, vaziyatga qarab muddat uzayishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi. U 11 mart kuni Fransiyadan qaytgan, u bilan bir reysda bo‘lgan yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari tibbiy nazoratga olingan, bemorning oila a'zolari va u bilan aloqada bo‘lgan boshqa kishilar izolyatsiya qilingan.
Bundan avvalroq Kun.uz manbasi koronavirus tufayli O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari vaqtincha yopilishi haqida xabar bergandi.
- 15 mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda 120dan ortiq mamlakatda jami 157 197 kishida koronavirus aniqlangan, hozirgacha ularning 75 940 nafari sog‘ayib ketgan, 5839 kishi vafot etgan.
- Virusdan eng ko‘p jabrlangan davlatlar Xitoy (80844 holat, 3199 o‘lim), Italiya (21157 holat, 1441 o‘lim), Eron (12729 holat, 611 o‘lim), Janubiy Koreya (8162 holat, 75 o‘lim), Ispaniya (6391 holat, 196 o‘lim), Germaniya (4599 holat, 9 o‘lim), Fransiya (4469 holat, 91 o‘lim), AQSh (2982 holat, 60 o‘lim), Shveytsariya (1375 holat, 13 o‘lim), Buyuk Britaniya (1140 holat, 21 o‘lim) va Norvegiya (1109 holat, 3 o‘lim) bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025