Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Shodmonov: Koronavirusga chalinganlar orasida og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q
O‘zbekiston shifoxonalarida 641 kishi karantinda saqlanmoqda. Ular orasida Seuldan olib kelingan 212 nafar fuqaro ham bor.
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan o‘zbekistonliklar soni 8 nafar bo‘lib, ular orasida og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov “O‘zbekiston 24” kanali orqali bergan intervyusida ma'lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda shifoxonalarda 641 nafar fuqaro karantinda turibdi. Ular orasida Seuldan olib kelingan 212 nafar fuqaro ham bor.
“Ularda kasallik yo‘q, lekin bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lishgan”, dedi Shodmonov.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus yuqishi bilan bog‘liq yana ikki holat haqida xabar berdi. O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori bo‘lgan ayolning qarindoshlaridan birida va 14 mart kuni Londondan Toshkentga kelgan bir o‘zbekistonlikda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
19:43 / 09.01.2024
Alisher Shodmonov uzoq muddatli ta’tilga chiqdi
10:26 / 12.08.2023