Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Talabalar shaharchasidan 30 mingga yaqin talaba uyiga jo‘natildi
16 mart kuni Toshkent shahridagi OTMlarda tahsil olayotgan talabalarni doimiy yashash joylariga kuzatish ishlari boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.
Asosan Toshkent moliya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Islom akademiyasi, Toshkent davlat texnika universiteti talabalari vazirlik huzuridagi «Ma'naviyat va ma'rifat markazi» binosi hududidan tezyurar avtobuslarda manzillariga jo‘natildi.
Ayni vaqtga qadar 30 000 nafarga yaqin talaba markazlashtirilgan tartibda Toshkent shahridan o‘zlari yashaydigan viloyatlarga jo‘nab ketdi.
«Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida markaz binosida imtiyozli chiptalar sotilishi yo‘lga qo‘yildi va bir vaqtning o‘zida avtobuslarda ketish imkoniyati yaratildi», – deyiladi xabarda.
Jarayon barcha talabalarni o‘z manzillariga kuzatishni qamrab oladi va 16 martda ham davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 16 martdan e'tiboran ham davlat, ham nodavlat OTMlarda o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta'tilga chiqarildi.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
12:59 / 20.05.2025
Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni aytildi
09:56 / 18.05.2025