Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga qaytishni istagan fuqarolardan diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilish so‘raldi
Chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatdagi xorijiy davlatlar fuqarolariga maxsus ma'lumot berildi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi xabariga ko‘ra, vazirlik mamlakatning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari, tegishli vazirliklar, idoralar va kompaniyalar bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxatlarini tuzish va ularni vatanga qaytarish uchun charter reyslarini tashkil etish ustida ishlamoqda.
Bildirilishicha, bunda O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelganlaridan keyin 14 kunlik karantinda bo‘ladilar.
Qaytishni istagan hamyurtlardan xorijdagi yashash joylari bo‘yicha diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilish so‘ralgan.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi tegishli xorijiy davlatlar elchixonalari bilan birgalikda mamlakatdagi xorijiy fuqarolarning ro‘yxatlarini tuzmoqda va ularning O‘zbekistondan chiqishini tashkillashtirish ustida ishlamoqda.
Avvalroq, xorijda qolib ketgan o‘zbekistonliklar charter aviareyslar bilan vatanga qaytarilishi kutilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
08:43 / 30.06.2022