Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Riga - Toshkent aviareysi Namanganga keladi, barcha yo‘lovchilar karantinga yuboriladi
Ushbu qatnov bilan kelgan barcha yo‘lovchilar Namangan shahrida karantinga yuboriladi
2020 yil 16 mart kuni Riga - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lgan HY104 qatnovi Namangan shahriga keladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu qatnov bilan kelgan barcha yo‘lovchilar Namangan shahrida karantinga yuboriladi.
Yo‘lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga 71 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkinligi aytiladi.
Bundan oldin, Uzbekistan Airways xalqaro yo‘nalishlardagi barcha qatnovlarni bekor qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
18:39 / 12.05.2025
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin
10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
22:37 / 09.05.2025