Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi 4 ta oliy ta'lim muassasasi koronavirus sababli masofadan o‘qitishni boshlaydi
Moskvadagi 4 ta oliy ta'lim muassasasi koronavirus tarqalishi xavfi sababli Rossiya fan va oliy ta'lim vazirligi tavsiyasiga ko‘ra masofadan o‘qitish shakliga o‘tadi.
“Biz ertadan 2 aprelgacha masofadan o‘qitish shakliga o‘tamiz”, deb aytgan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) matbuot kotibi Viktoriya Kalashnikova.
Shuningdek, 17 martdan M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida ham masofadan o‘qitish boshlanadi.
Bundan tashqari, N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti 23 martdan, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti 17 martdan 21 martgacha masofadan o‘qitishga o‘tishi e'lon qilingan.
14 martdan Moskva va Moskva oblastida o‘quvchilarga maktablarga erkin tarzda qatnashga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025