Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadan Toshkentga charter reys amalga oshiriladi
Ushbu reys bilan Toshkentga kelgan yo‘lovchilar vaqtincha joylashtirish punktiga jo‘natiladi
Uzbekistan Airways mart oyida bekor qilingan Moskvadan Toshkentga va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga bo‘lgan qatnovlarga chiptalarni xarid qilgan yo‘lovchilarga ma'lumot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 17 mart kuni Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab chet el fuqarolarini Moskvaga va O‘zbekiston fuqarolarini Moskvadan Toshkentga olib chiqish uchun qatnov amalga oshiriladi. Toshkentdan ketish vaqti — soat 10:00da, Moskvadan — soat 13:00da (mahalliy vaqt bilan).
Bildirilishicha, tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun birinchi navbatda 16, 17 mart kunlari bekor qilingan qatnovlarning yo‘lovchilari qabul qilinadi.
Ushbu reys bilan Toshkentga kelgan yo‘lovchilar kelishi bilan vaqtincha joylashtirish punktiga jo‘natiladi. Shu munosabat bilan ularni Toshkent shahri aeroportida kutib olmaslik so‘ralgan.
Yo‘lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin ekani aytiladi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
18:39 / 12.05.2025